UOTSON

UOTSON (Watson) Jon Brodes (1878.9.1, AQSHning Grinvill sh. — 1958.25.9, NyuYork) — amerika psixologi, bixeviorizm asoschisi. Baltimordagi J. Xopkins un-ti prof. (1908—20). Uotsonning hayvonlar ustidagi tadqiqotlari asosida vujudga kelgan konsepsiya introspektiv psixologiya metodlariga taʼsir etish natijasidir. Uotson psixologiyani obyektiv eksperimental metodlardan foydalanuvchi tabiiy fanlardan biri sifatida ifodalashga urindi. Butun psixologik faoliyatni Uotson xulqatvor sifatida talqin qildi. Uotson fikricha, psixologiyaning asosiy vazifasi bilim, malaka, koʻnikma hosil qilish jarayonini oʻrganishdan iborat. Uotson hatto tafakkurni yashirin harakatlantiruvchi faoliyat deb bayon qilishga intildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x