UOLLES

UOLLES (Wallace), Uilyam (taxm. 1270-1305.23.8) — shotland xalqining (Angliyadan mustaqil boʻlish uchun kurashida) milliy qahramoni. 1297-y. 11 sent. da Uolles rahbarligidagi qoʻzgʻolonchilar armiyasi Sterling yaqinida ingliz qoʻshinlarini tormor keltirgan va Uolles bir necha oy muddatga Shotlandiyaning amaldagi hokimiga aylangan. 1298-y. 22-iyulda Uolles armiyasi ingliz qiroli Eduard I ning kuch jihatdan ustun boʻlgan qoʻshinidan yengilgan. Ammo ingliz bosqinchilariga qarshi kurash davom etgan. 1305-y. avg. da xiyonat tufayli Uolles qoʻlga olingan va qatl qilingan. Uolles obrazi shotland xalqining koʻplab qoʻshiq va balladalarida oʻz aksini topgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x