UNIVERSALIYALAR

UNIVERSALIYALAR (lot. universalis — umumiy) — oʻrta asrlar falsafasidagi termin, umumiy tushunchalar (yoki gʻoyalar)ni bildiradi. Oʻrta asrlarda Universaliyalar tabiati toʻgʻrisidagi baxslarda 3 ta asosiy yoʻnalish — nominalizm, realizm, konseptualizm paydo boʻldi. Nominalizmga koʻra, faqat alohida narsalargina real mavjud, umumiy tushunchalar — U. esa inson tafakkuri bilan yaratilgan nomlar, belgilar yoki atamalardan boshka narsa emas (I. Rosselin, Ioann Dune Skot, U. Okkam va b.). Realizmga koʻra, Universaliyalar real maʼnaviy mohiyatdan iborat boʻlib, narsalarning substansiyayek hisoblanadi (Anselm Kenterberilik, Foma Akvinskiy va b.). Konseptualizmga koʻra, Universaliyalar narsalarning oʻxshashligiga asoslangan holda umumlashtirishdan iboratdir (P. Abelyar, Ioann Solsberiyskiy va b.).

Hoz. zamon fanlarining koʻpgina abstrakt tushunchalarini Universaliyalar siz tushuntirib boʻlmaidi. Mac, kompleks sonlar, irratsional qiymatlar, elementar zarralar tarkibini oʻrganishda qoʻllaniladigan abstrakt tushunchalar, kasr sonli zaryadli kvarklar, ekstensiv va intensiv cheksizliklar, kombinatorlar, matematik mantiqning timsollari Universaliyalarning bugungi kunda namoyon boʻlishidir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x