Ummon — Unutolmasman

Bugun osmonlar yig’laydi,
Yolg’izlik meni qiynaydi.
Yolg’izman endi, jonginam,
San mandan voz kechgan kundan.

Ketding demay alvido,
Vasling misli bir nido.
Balki o’tgandir xato,
Qaytar uni, ey Xudo.

Tunlari uxlolmasman,
Sani unutolmasman.
Unutgan bo’lsang meni,
Unutish gunoh seni.

Unutolmasman bu vaslingni,
Unutomasman so’zlaringni,
Unutolmasman bu qora ko’zlaringni.

Boray desam, qayda bilmasman,
O’zga gulga parvo qilmasman,
Nahot, orzu qilgan baxtga yetolmasman?

Bugun tug’ilgan kunim,
Tashrifingga zor ko’zim.
Umid qilarman – kelarsan,
Qo’llarimga gul tutarsan.

Lekin afsus uzun,
Uzundan-uzun kun.
Termulib yo’lingga
O’tdi bu ulug’ kun.

Ketding demay alvido,
Vasling misli bir nido.
Balki o’tgandir xato,
Qaytar uni, ey Xudo.

Tunlari uxlolmasman,
Sani unutolmasman.
Unutgan bo’lsang meni,
Unutish gunoh seni.

Unutolmasman bu vaslingni,
Unutomasman so’zlaringni,
Unutolmasman bu qora ko’zlaringni.
Boray desam, qayda bilmasman,
O’zga gulga parvo qilmasman,
Nahot, orzu qilgan baxtga yetolmasman? (x1+x1)

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x