UMIDOVA Zulfiya Ibrohimovna

UMIDOVA Zulfiya Ibrohimovna (1897.1.6 Toshkent — 1980.17.4) — terapevt olima, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1949), SSSR Tibbiyot FA muxbir aʼzosi (1948). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1944), tibbiyot fanlari d-ri (1947), prof. (1948). Oʻrta Osiyo un-tining tibbiyot ftini tugatgach (1922), ft terapiya klinikasi ordi natori (1922 — 25), assistenti (192637), ToshTI dotsenti (1937 — 44), gospital terapiya kafedrasi mudiri (194469), 1970-y. dan shu kafedraning prof. konsultanta. Ilmiy ishlari oʻlka patologiyasi va issiq iqlim sharoitida yuraktomir sistemasi kasalliklarini davolashga, shuningdek, sogʻlom odamning yuraktomir sistemasi va miokard infarktining klinik xususiyati hamda tonus, tomirlar kamchiligining boshqa shakllarini yoritishga bagʻishlangan. ToshTI va Oʻzbekiston Sogʻliqni saklash vazirligi quzuridagi Yuraktomir sistemasi fiziologiyasi va patologiyasi muammolari komissiyasining raisi (1959—70), (1894, Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Gʻambir qishlogʻi — 1966, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Karashina qishlogʻi) — dostonchi. Sherobod dostonchilik maktabi vakili. Sherna baxshittt shogirdi. Dehqonoboddagi Karashina qishlogʻidagi kzda, soʻng tuman MTSida ishlagan (1929—56). Otasi ham, amakisi Boynazar ham dostonchi boʻlgan. Umidova 3 yoshida otasidan yetim qolgan. 14 yoshidan termalar aytgan, doʻmbira chertgan. Tarixiy hujjatlar, shaxsiy taassurotlari asosida «Qoraqum», «Dastagul» kabi zamonaviy asarlar yozgan. Uning repertuarida «Oltin qovoq», «Ravshanxon», «Malika ayyor», «Bogʻdod», «Goʻroʻgʻli», «Avaz», «Nurali» kabi dostonlar boʻlgan. Umidovadan «Alpomish», «Balxivon», «Nurali», «Zandigor», «Oyparcha», «Moyguliston» kabi dostonlar, juda koʻp termalar yozib olingan. Ulardan «Oyparcha» va «Balxivon» nashr etilgan. Toshkentda oʻtkazilgan xalq talantlari olimpiadalarida qatnashgan (1946—48). Baxshining oʻgʻillari — Qora va Chori Umirovlar ham dostonlardan parchalar, termalar ijro etadilar.

Ad.: Sobirov O., Umir shoir Safarov, T., 1982.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x