UMAROV Gʻiyos Yoqubovich

UMAROV Gʻiyos Yoqubovich (1921.25.12 Toshkent — 1988.21.12) — fizik olim, Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1968), texnika fanlari d-ri (1967), prof. (1968). Oʻrta Osiyo un-tini tugatgan (1943). Toshkent politexnika inti dotsenti, kafedra mudiri (1950—58), Oʻzbekiston FA Fizikatexnika inti ilmiy xodimi (1958-y. dan), lab. mudiri (1960-y. dan), int direktori oʻrinbosari (1961-y. dan), direktori (1962—65), shu int geliofizika boʻlimi mudiri (1965—88). Ilmiy ishlari, asosan, yadro fizikasi, geliofizika masalalariga oid. U RaE va RaD ning (Zemirilishini tekshirdi, fototasvirlarni radioaktiv izotop yordamida kuchaytirish usulini ixtiro qildi, shogirdlari bilan hamkorlikda lantanoidlarning 30 dan ortiq yangi izotollarini ochdi, Quyosh issiklik st-yalari qurish mumkinligini koʻrsatdi. U shogirdlari bilan Quyosh nurlarini akslantiruvchi parabolid yuzasini i. ch. uslubini yaratdi. Quyosh energiyasini toʻplaydigan yuqori trali gelioqurilmalar, Quyosh energiyasini uzoq muddat saklovchi va b. turdagi energiyaga aylantiruvchi qurilmalar ixtiro qildi. Qiyin eriydigan metallar, sopol mahsulotlarini olish, payvandlash va b. ni amalga oshiradigan qurilmalar yaratdi.

Uning rahbarligida issikxonalarda sabzavot va mevalarni quritkich, chigitni plyonka ostida undirish uskunalari va b. ning dastlabki namunalari yaratildi. Toshkent sh. dagi kucha va mahallalardan biriga uning nomi berilgan.

Ad.: Yershov A. A., Solnsepoklonnik Giyas Umarov, M., 1996.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x