UMAR

UMAR ibn al-Xattob al-Foruq (taxm. 585—644) — dastlabki toʻrt xalifadan ikkinchisi (hukmronlik yillari 634—644). Islomni taxm. 616-y. qabul qilgan. Muhammad (sav)ning yaqin safdoshlaridan biri, u olib borgan barcha janglarda qatnashgan. Abu Bakr oʻlimidan avval Umarni oʻz oʻrniga tavsiya etgan. Umarning xalifalik davrida islom Iroq, Suriya, Misr, Liviyaga tarqaldi. Eron hududlari xalifalikka qoʻshildi. Arab-musulmon saltanati tarkib topa boshladi. Uning davrida barcha asosiy maʼmuriy-huquqiy muassasalar, avvalo soliq-oʻlpon tizimi tuzildi. Musulmonlar jamoasi tez orada ruhoniylar idora etadigan davlatga aylandi. Bu hol U. xalifa unvoniga birinchi boʻlib qoʻshimcha amir al-moʻminin (moʻminlar hukmdori) unvonini qabul qilishida ham ifodalandi. Umar yangi musulmon yil hisobi — hijriy yil taqvimini joriy etdi. Sunniylar tarixiy anʼanasida Umar risoladagidek hukmdor, yaʼni taqvodor, musulmonlarga nisbatan adolatli, dushmanlarga beshafqat inson sifatida taʼriflanadi. Uning davri islomning «oltin asri» deb ulugʻlanadi. U. Muhammad (sav) ning Madinadagi qabri yoniga dafn etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x