UMAR BOQIY

UMAR BOQIY (18-a. oxiri Xiva 19a. boshlari) — yozuvchi. Alisher Navoiy «Xamsa»siga kirgan «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» dostonlarining nasriy variantlarini yaratgan. «Farhod va Shirin»ni asl matniga juda yaqin ifodalagan boʻlsa, «Layli va Majnun» bayonida matndan birmuncha chetga chiqqan. Umar Boqiy Navoiy dostonlarining gʻoyaviy mazmunini, obrazlar xarakterini saklab, asliyatga nihoyatda yaqinlashtirgan. Dostonlarning muqaddima va xotima qismlarini tushirib qoldirib, xalq kitoblaridagidek, voqealarning asosan asar mazmuniga moye ravishda boshlanishiga erishgan.

Asarlari Toshkentda toshbosmada chop etilgan (1909, 1910).

As: Kulliyoti Farhodu Shirin, T., 1908; Kitobi Majnun va Layli, T., 1909.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x