ULUGʻ MUHAMMAD (? 1445) Oltin Oʻrda xoni (1419—37, tanaffuslar bn), Qozon xonligi asoschisi, Jaloliddinning oʻgʻli, Toʻxtamishning nabirasi. Idiqu (Yedigey) vafotidan soʻng Oltin Oʻrda taxtini egallab, 1419—23 y. larda Oʻzbek ulusiga (Joʻji ulusining sharqiy qismi) ega boʻlish uchun (temuriy Shohrux b-n boʻlgan ittifoqqa suyangan holda) Baroq bilan qattiq kurash olib borgan. Baroqdan magʻlub boʻlgach, 1423-y. Volga Bulgʻoriyasiga qochgan, lekin 1426-y. Litva buyuk knyazi Vitovt koʻmagida yana Oltin Oʻrda taxtiga oʻtirgan. 1428-y. turk sultoni Murod II bilan doʻstona aloqa oʻrnatib, Qrimni oʻz hokimiyatiga tobe etgan. 1433-y. Moskva knyazi Vasiliy II Vasilyevichga ulugʻ knyazlik yorligʻini bergan. Oʻzaro ichki kurashlardan zaiflashgan va mamlakat ichkarisida oʻziga mustahkam tayanch topa olmagan Ulugʻ Muhammad 1437-y. taxtni Kichik Muhammadga berishga majbur boʻlgan. Oka daryosi boʻyidagi Belov sh. ga qochgan, 1438-y. oʻz oʻrdasi bilan Oʻrta Volgaga koʻchgan va Volga Bulgʻoriyasi aholisini boʻysundirib, Yangi Qozon xonligini barpo etgan. Shim. Sharqiy Rusga bir necha bor yurishlar qilgan (1439-y. Moskvaga, 1444—45 y. larda Murom, Ryazan va Suzdalga). 1445-y. Moskva ulug knyazi Vasiliy II ni asir olgan. Ulugʻ Muhammad sulolasi 1521-y. barham topgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые