ULKO Grigoriy Ilich

ULKO Grigoriy Ilich (1925.5.4, Novosibirsk viloyati Karasuk tumani Yekaterina qishlogʻi — 1999.8.4, Samarkand) — rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1968). Xarkov rassomlik in-tini tugatgan (1958). 1959-y. dan Samarqandda. Ulkoning ijodiy izlanishlari mavzuli kompozitsiyalarda oʻz aksini topdi («Velosipedchilar», «Afsona», «Birinchi reys», 1962); asarlarida zamon ruhi, davr nafasi seziladi, dastgoh va monumental rassomlikning ifoda vositalari uygunlashib ketgan: «Panjakent freskasi», «Xalq ustasi A. Hazratqulov portreti» (1961), «AmuBuxoro kanali quruvchilari» portretlar turkumi (1964), «Usta U. Joʻraqulov portreti» (1965), «Suv», «Birinchi saflar» (1967); «Urgut tamakikorlari» (1971) va b.

Ulko asarlaridan namunalar respublika muzeylari (jumladan, Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi va b.)da saqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x