ULTRAASOSLI TOF JINSLARI

ULTRAASOSLI TOF JINSLARI, ultrabazitlar, giperbazitlar — asosan, magnezialtemirli silikatlar (olivin va piroksen)dan iborat magmatik togʻ jinslari. U. t. j. tarkibida oz miqdorda ikkilamchi minerallar (xromit, magnezit va b.) hamda kremniy oksidi (SiO2) 30 — 44% gacha, Mg esa kup (MgO 42% dan ortiq) boʻladi. Ultraasosli tof jinslarida dala shpatlari butunlay boʻlmaydi yoki juda kam. Asosan, rangli — piroksen, olivin yoki rudali minerallar (magnetit)dan tashkil topadi. Ultraasosli tof jinslarining turlari: dunit va olivin, peridot vapiroksenitlar. Olivin yoki piroksenning toʻliq yoki qisman serpentin minerallar (xrizotil, antigorit, lizardit)ga oʻtib, serpentinitlar hosil qilishi Ultraasosli tof jinslari uchun xosdir. Ultraasosli tof jinslari asosan, gabbro, ishqoriy jinslar va karbonatitlar bilan birga uchraydi. Ultraasosli tof jinslari bilan foydali qazilma (platina, xromitli, silikatli, nikelli temir rudalarining hamda asbest, nefrit va b.) konlarining koʻp turlari bogʻliq. Ultraasosli tof jinslari kalgan hamma magmatik jinslarga koʻra kam tarqalgan. Effuziv Ultraasosli tof jinslari Sibir (maymechitlar) va Kamchatkada topilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x