ULOQ

ULOQ — 6 oylikkacha boʻlgan echki bolasi. Echkichilikda uloq jun va tivit yoʻnalishida yaylovda onasidan ajratilmay, sut yoʻnalishida boʻlsa ajratib parvarish qilinadi (4 oylik boʻlgach, onalaridan, erkaklari urgʻochilaridan ajratiladi). Onasidan ajratib boqilanda 1 oylik Uloq larga bir kunda 4—5 soat oraliq b-n 4-marta (200—250 g dan), 3 oylik Uloq larga 3-marta (150 g. dan) sut ichiriladi. Shuningdek, Uloq 10 kunlik boʻlgach sutga qoʻshib 200 g, 2—3 oylik davrda 800 g pishirilgan suyuq suli atalasi beriladi. 3—4 haftalik Uloqlar oʻtlashga qoʻyiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x