UCHQOʻRGʻON GIDROUZELI

UCHQOʻRGʻON GIDROUZELINorin daryosi quyi oqimida, Qirgʻiziston Respublikasida barpo etilgan yirik gidrotexnika inshooti; Kamma Namangan kapali va Chapqirgʻoq Uchqoʻrgʻon kanallariga suv olishni taʼminlaydi, elektr energiyasi i. ch. da foydalaniladi. Gidrouzel toʻgʻoni 1964—66 y. larda hoz. koʻrinishda qurib bitkazilgan. Ombordagi suv bosimi 35,7 m dan 18,5 m gacha oʻzgarib turadi. Toʻgʻon jami 3300 m3/s gacha, shu jumladan, GES turbinasi orqali 760 m3/s suv oʻtkazish qobiliyatiga ega. Toʻgʻonning umumiy uz. 100 m, bal. 56 m.

Uchqoʻrgʻon gidrouzeli tarkibiga suv tushirgichli beton toʻgʻon, chap qirgʻoq tuproq toʻgʻon, Katta Namangan va Chapqirgʻok, Uchqoʻrgʻon kanallarining bosh suv olish rostlagichlari, GES binosi va ochiq suv taqsimlash qurilmalari kiradi. GES oʻzanli tipga mansub boʻlib, uning binosi toʻgʻonning chap qirgʻogʻida joylashgan ikki agregatli blokdan iborat. Turbinalarga suv toʻgʻon tanasining yuqori qismida joylashgan suv olgichlar vositasida uzatiladi, ulardan pastrokda umumiy suv sarfi 2320 m3/s boʻlgan 8 ta tubidan suv tashlagichlar qurilgan. Suv olgich va tubidan suv tashlagichlarni bunday holatda qoʻllash turbinalarga turli oqiziqlarning tushishiga yoʻl qoʻymaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x