UCH AVLIYO MAJMUASI

UCH AVLIYO MAJMUASI — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1549, 1821). Ichan qalʼaning sharqiy qismida joylashgan. Maqbara 3 avliyo shayx (Boqiy, Maqsud va Latif)lar nomi bilan bogʻlangan.

Maqbara bir xonali, murabba tarhli (6×6 m), pishiq gʻisht (27x27x5 sm)dan qurilgan. Poliga ham pishiq gʻisht (26x26x5 sm) yotqizilgan. Gumbazi 16-a. Buxoro meʼmorligiga xos «qolibkori» uslubida qurilgan boʻlib, katakkatak yulduzchalar bilan bezatilgan. Maqbaraning shim. devoridagi ravoqda supa ustiga 6 ta sagʻana yonmayon joylashtirilgan. Ularning 3 tasi pastki shim. sharqiy qismida. Maqbara bezaksiz, unga 3 tomondan kiriladi. Bosh tarzi baland peshtoqli (bal. 12 m). Peshtoq tokchasi va tepasidagi yassi ravoqlar gʻishtdan hoshiyali qilib terilgan. Maqbaraning yagona bezagi yogʻoch uymakori eshigi boʻlib, uni ishlashda qatnashgan xivalik ustalardan Abdulla ibn Sayid, Ahmad Samarqandiyning oʻgʻli va shogirdi Asad Husayn nomlari yozilgan. Keyinchalik peshtoq qarshisida qorixona, xonaqoh va bir ustunli ayvon qurilgan. Ayvondagi yozuvda Hoji Maqsud tomonidan qurdirilgani (1893) qayd etilgan. Peshtoqdagi marmar taxtachada mutavalli Nazarxoʻja buyrugʻi b-n taʼmirlanganligi (1821—22) yozilgan. Uch avliyo majmuasi I. Notkin (1956—59) va A. Rahmonov (198182) raxbarligida ilmiy oʻrganilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x