UBAYDULLAYEVA

UBAYDULLAYEVA Maʼrifat (1929.4.6, Namangan viloyati Chodak qishlogʻi) — Oʻzbekiston xalq artisti (1983). 1953 — 61 y. lar Namangan viloyat musiqali drama va komediya teatrida, 1961—92 y. lar Andijon viloyat musiqali drama teatrida, 1992-y. dan Abbos Bakirov nomidagi Andijon yoshlar teatrida aktrisa. ShirinFarhod va Shirin»), Xemnolina («Gang daryosining qizi»), Sanam («Aziz va Sanam»), Oyparcha, Nodirabegim («Nodira»), Layli («Layli va Majnun»), Zulxumor («Ravshan va Zulxumor»), Nurxon («Nurxon»), Jamila («Boy ila xizmatchi»), Katarina («Oʻjar qizning quyulishi»), Nigoroyim («Mehrobdan chayon»), Momo («Hayot eshik ortida»), Nargiz («Nargiz») kabi rollari uning ijodida alohida oʻrin tutadi. Ubaydullayeva lirik va xarakterli rollar ustasi boʻlib, uning ijodi yuqori ovoz, dramatik mahorati, badiiy ifodasi hayotiyligi bilan ajralib turadi. «Elyurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (2002).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x