UBAYDULLAYEVA Raʼno Axatovna (1936.4.11, Toshkent) — iqtisodchi olima, Oʻzbekiston FA akad. (2000), iqtisod fanlari d-ri (1976), prof. (1981). Toshkent moliya-iqtisod in-tini tugatgan (1958). Oʻzbekiston FA Iqtisodiyot intida laborant (1958 — 60), aspirant (1960—63), kichik ilmiy xodim (1963— 64), katta ilmiy xodim (1964—66), boʻlim boshligʻi (1967—78; 1992—93), direktor oʻrinbosari (1978 — 90) boʻlib ishlagan. 1993 — 97 y. larda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vaziri oʻrinbosari. 1998-y. dan «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi direktori. Ilmiy ishlari Oʻzbekistonda mehnat resurslaridan, xususan, ayollar mehnatidan foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari, oila, aholishunoslik, jamoatchilik fikrini oʻrganish va b. masalalarga bagʻishlangan. As: Jenskiy trud v selskom xozyaystve Uzbekistana, T., 1969; Trudovыye resursы Uzbekistana, T., 1970 (v soavtorstve); Strukturnaya preobrazovaniya v ekonomike i zanyatost jenщin. T., 1996; Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi (oʻquv qoʻllanma), T., 2001.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые