TYUMEN

TYUMEN — RF Tyumen viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Tura daryosidagi port. T. y. tuguni. Aholisi 501,4 ming kishi (1998).

T. Sibirda ruslar egallagan dastlabki shahar, 1586-y. da moʻgʻullar shahri Chingi Tura oʻrnida (14-a. dan maʼlum) vujudga kelgan. 1709-y. dan Sibir gubernyasi, 1782-y. dan Tobol noibligi tarkibida. 17-a. dan T. Sibir bilan Xitoy savdo yoʻlidagi muhim tranzit punkti. 19-a. ning 40-y. larida Sibirda dare paroxodchiligi ochilishi va 1885-y. da Yekaterinburg — T. temir yoʻl qurilishi munosabati bilan Tyumenning iqtisodiy ahamiyati oʻsdi. 19-a. ning 2yarmida Tyumenda kemasozlik, oʻrmon va baliq sanoatlari, gilam toʻqish keng rivojlandi. Shahar orqali don, un, koʻn va b. tashildi.

Muhim sanoat tarmoklari: mashinasozlik va metallsozlik (motorsozlik ishlab chiqarish. birlashmasi; kemasozlik, mashinasozlik, priborsozlik, stanoksozlik, «Neftemash» va b. zavodlar), yogʻochsozlik, kimyo, yengil, oziq-ovqat sanoatlari, qurilish mashinalari, plastmassa, tibbiyot asbobuskunalari korxonalari va b. zdlar ishlab turibdi. Kamvolmovut kti, poʻstinmoʻyna, yigiruvtoʻr toʻqish, gilam, tikuvchilik, poyabzal fkalari bor. 1960-y. da elektr issiqlik markazi ishgatushirilgan. Tyumen — neftgaz qazib olish sanoati markazi. Tyumendan neft quvurlari oʻtgan. Shaharda 6 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, unt), 2 teatr, oʻlkashunoslik muzeyi (1879-y. da tashkil qilingan), geol., neft va gaz muzeyi, kartinalar galereyasi faoliyat koʻrsatadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x