TUZLASH — mahsulotlarni konservalash usullaridan biri. Goʻsht, tuxum, baliq, turli sabzavotlar maxsus usullarda tuzlanadi. Goʻsht T. — goʻsht kattakatta qilib tilimlanib, namakob bilan yuviladi va har qaysi tilimni mayda tuzga botirib, ipga tiziladi va kechki salqin tushgandan to ertalabgacha shabada tegib turadigan joyga osib qoʻyiladi. Kunduzgi issiqqa qoldirmay goʻsht yigʻib olingach, togʻoraga solinib, ustidan doka yopiladi va salqinroq joyda saklanadi. Taom tayyorlashdan oldin tuzlangan goʻsht iliq suvda yuviladi va ovqat tuz solinmay pishiriladi. Bodring T. — bodringni maydayiriklari ajratilgach, sovuq suv bilan yaxshilab yuviladi va sirlangan idish yoki bochkaga teriladi. Bochkaga yana ukrop, sarimsoq, qizil qalampir, kashnich urugʻi, rayhon va b. koʻk oʻtlar solinadi. Bochka toʻlgach, qopqogʻi yopilib, ustiga ogʻirroq narsa qoʻyib bostirib qoʻyiladi. Soʻngra qopqoqdagi maxsus teshikchadan sovitilgan namakob quyiladi. 10 kg bodring uchun: 500 g sarimsoq, 300 g ukrop, 8—10 dona qizil qalampir, 2 osh qoshiq kashnich urugʻi, 1 tup rayhon shoxlari; namakob uchun: 10 l suvga 700 g tuz solib qaynatiladi. Bodringli bochka xona haroratida 1—2 kun saqlangach, sovuqroq joyga olib qoʻyiladi. Karam T. — tozalangan karam boshi maydalab toʻgʻraladi, tuz va yirik qirgʻichdan chiqarilgan kizil sabzi aralashtiriladi, bochka yoki sirlangan kostryulkaga zichlab bosiladi, soʻng ustiga yogʻoch qopqoq, uning ustiga ogʻirroq yuk (yoki yirik tosh) bostirib qoʻyiladi. Idishdan chiqqan suv karamni koʻmib turish lozim; karamni tuzlashda unda sut kislotali bijgʻish jarayoni sodir boʻlib, xushboʻy maza beradi. Karamning bijgʻishi qaroratga bogʻliq, harorat 16°—18° da 10 kunda tayyor boʻladi. 10 kg karamga 200 g tuz, 2—3 dona sabzi, 3—5 dona dafna yaprogʻi, 50 g yanchilmagan murch kerak boʻladi.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
Войти через
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии