TUZKON

TUZKONJizzax viloyatidagi koʻl. Jizzax sh. dan 56 km shim. gʻarbda. Nurota tizmasining tarmogʻi — Pistali togʻdan sharqroqda. Koʻl suv va shamol taʼsirida paydo boʻlgan; shim. va shim. gʻarb tomonga bir oz choʻziq. 1969-y. iyul oyida Arnasoy suvi sathining koʻtarilishi natijasida Tuzkon tor boʻgʻoz orqali Aydar koʻli bilan qoʻshilib, uning mayd. 400 km2ga yetgan. Koʻlga Qili daryosi va Oqbuloq kollektori quyiladi; suv oqib chikmaydi. Mayd. 705 km2. Eng chuqur joyi 20 m. Qirgʻoklari, asosan, tekis. Gʻarbiy va sharqiy sohillarida tepaliklar uchraydi. Jan. va jan. sharqiy sohillari botqoqlik va qamishzor.

Koʻl suvining trasi yil davomida oʻzgarib turadi. Oʻrtacha tra yanv. da 0,2°, apr. da 13,2°, iyulda 27,5°, okt. da esa 16,4°. Suvi kuchli minerallashgan: shim. qismining suvi tarkibida 4,0 g/l, jan. qismida 4,9 g/l tuz bor. Baliqchilik rivojlanmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x