TUYOQLI

TUYOQLI — oʻzbeklarning yuz qabilasidagi eng yirik urugʻlaridan biri. 19-a. da, asosan, Zarafshon vodiysida yashashgan. Bu yerga ular Sirdaryo boʻylaridan taxm. 17-a. da koʻchib oʻtishgan. 18-a. ning oxiri — 19-a. ning boshida Tuyoqlilar oʻtroq hayotga oʻtganlar. 19-a. ning 70-y. larida ular Oʻrta Zarafshon vodiysining 47 qishlogʻida istiqomat qilgan. Ularning soni 12 mingdan 20 minggacha boʻlgan. Tuyoqlilar quyidagi mayda urugʻlarga boʻlingan: chubot, uray, molakeseki, mirzakeseki, changal, gurach. 1921-y. maʼlumotlariga qaraganda, Tuyoqlilar oʻz ichiga quyidagi urugʻlarni olgan: alamon, jaboy, yumaloqbosh, uray. Tuyoqli larning bir qismi Zarafshon vodiysi qipchoklarining tarkibiga kirgan. Hozirda Tuyoqli larning avlodlari, asosan, Samarkand viloyatining Bulungʻur, Jomboy va Urgut tumanlarida, Jizzax viloyatining Gʻallaorol va Baxmal tumanlarida, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida va Tojikistonning Panjakent tumanida yashaydi.

Ad. Shoniyozov K. Sh., K etnicheskoy istorii uzbekskogo naroda, Tuyoqli, 1974.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x