TUXUMDON KISTALARI

⚡️⚡️⚡️ TUXUMDON KISTALARI 💊💊💊

Kista — bu tuxumdonning yaxshi sifatli hosilasi boʻlib, ichida tiniq suyuqlik saqlovchi pufakdan iborat.

Tuxumdon kistasimon hosilalarining bir necha turi mavjud boʻlib, oʻz navbatida ularning kelib chiqishi, belgilari va davolanishi ham har xil.

SABABLARI

Kistalarning turlari ham ularni keltirib chiqargan omilga koʻra ajratiladi:

📌 Follikulyar kistalar — tuxumdondagi follikulaning cho’zilgan qobig’idan hosil boʻladi, sababi esa tuxumdondagi yalligʻlanish kasalliklari yoki gormonal buzilishlar;

📌 Funksional kistalar — tuxumdon «chiqib ketmagan» tuxum hujayradan yoki ovulyasiya bilan bogʻliq boshqa muammolar tufayli paydo boʻladi. Ular vaqtinchalik kistalarga juda o’xshaydi (bu hosilalar koʻpincha oʻzi yoʻqolib ketadi);

📌 Anomal kistalar — yo’qolib ketmaydigan funksional kistalar, ular o’sishga moyil boʻladi.

❗️Bundan tashqari kistalar paydo bo’lishiga sabab nasliy moyillik ham bo’lishi mumkin!

BELGILARI

❗️Qorinning pastki qismida tortuvchi yoki simillovchi ogʻriqlar, baʼzan ogʻriq qinga uzatiladi;
❗️Ovulyatsiya buzilishi;
❗️Bepushtlik;
❗️Katta hajmli kistalarda — qorin oʻlchami kattalashadi;
❗️Oʻtkir ogʻriq va isitma — kista buralib qolgan va yiringlagan holda.

DIAGNOSTIKA

Jarroh yoki ginekolog bu kasallikni boshqa kasalliklar bilan taqqoslab diagnoz qoʻyadi.

Eng informativ tekshirish usullari:
✅ UTT (UZI);
✅ Biopsiya.

DAVOLASH

Davosi kistaning joylashishi va o’lchamiga koʻra har xil boʻladi:

Kichik hajmli kistalar gormonal preparatlar va yalligʻlanishga qarshi vositalar yordamida davolansa, kattalari xirurgik yoʻl bilan olib tashlanadi. Oʻng va chap tuxumdondagi kistalar bir xil davolanadi.

❗️❗️❗️Kistani qanday davolashni faqat vrach hal qiladi!!!

XAVF

⚡️Katta kistalar yorilishi mumkin, natijada oʻtkir yalligʻlanish yuzaga keladi.

⚡️Kista oyoqchasining buralib qolishi oʻtkir peritonit (qorinpardaning oʻtkir yalligʻlanishi) ga olib keladi.

❗️Ikkala tuxumdonda bir vaqtda kista boʻlishi ayniqsa xavfli.

XAVF GURUHI

Kista hamma ayolda ham boʻlishi mumkin, ammo oldindan gormonal oʻzgarishi bor ayollarga e’tiborliroq boʻlish lozim.

PROFILAKTIKASI

Muntazam ravishda profilaktika maqsadida ginekolog qabulida boʻlish.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x