TUTMES — qad. misr haykaltaroshi; mil. av. 14-a. dayashagan. Firʼavn Amonxotep IV (Exnaton) saroyida «haykaltaroshlar boshligʻi» maqomida boʻlgan. Misrning qad. poytaxti — Axetaton (hoz. Amarna)da ishlagan. Tutmes asarlari jahon sanʼatining durdonalaridir; u ishlagan firʼavn va malika Nefertiti (hoz. Qohira muzeyi, Berlin davlat muzeii va b. da) haykallari shaklining oʻta nozikligi, qiyofalarining hayajonli ulugʻvorligi bilan diqqatga sazovor.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые