TUTASH TOJBARGLILAR

TUTASH TOJBARGLILAR — ikki urugʻpallali yopiq urugʻli oʻsimliklarning kichik sinfi. Baʼzi oʻsimlik gullarining tubi bir oz, ayrimlariniki toʻliq, yana boshqalariniki uzunasiga qoʻshilib oʻsadi. Koʻpchilik Tutash tojbarglilarning qoʻshilib oʻsgan qismi uzun nay, yuqori qismi esa gʻar xil gul boʻlakchalari yoki tishchalar hosil qiladi. Nemis botaniklaridan A. Braun (1864), A. Engler (1892) Tutash tojbarglilarni ayritojlilardan farqlashni taklif qilgan. Baʼzi botaniklar, jumladan, N. I. Kuznetsov, N. A. Bush, A. Taxtajyan ikki urugʻpallalilar sinfini ayrim tojbarglilarga va tutashbarglilarga boʻlishni tan olishmaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x