TUT PARVONASI

TUT PARVONASI (Glyphodes pylaialis Walker.) — qurti faqat tut bargi bilan oziqtanadigan zararkunanda hasharot. Ayniqsa, tut daraxtlari, nihollari, bargiga jiddiy zarar keltiradi. Toʻliq rivojlanadigan hasharot. Katta yoshdagi qurtlari daraxt poʻstloqlari tagida maxsus ipakdan toʻqigan belanchagi ichida qishlab chiqadi. Bahorda gʻumbakka aylanadi, 15—20 kundan soʻng undan kapalaklar uchib chiqadi. Kapalagi mayda, qanotlari yozilganda 15—17 mm, qanotida koʻndalang chiziklari bor. Har bir kapalak (tut bargiga 2—3 tadan) oʻrtacha 5060 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumdan chiqqan qurtlar tut bargi toʻqimalarini yeb shikastlaydi. Zararlangan daraxt novdalari quriydi, sovuqqa chidamliligi pasayib ketadi. Yil davomida 6—7-marta avlod beradi. Oxirgi avlodning qurtlari okt. noyab. oylarida qishlashga oʻtadi.

1994-y. dan Oʻzbekistonda dastlab Afgʻoniston orqali Surxondaryo viloyatida, keyingi yillarda Fargʻona, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida Tapkalgan. Tut parvonasiga qarshi biologik kurash usullari yaxshi samara beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x