SUELLI KANALI

SUELLI KANALIQoraqalpogʻiston Respublikasidagi yirik magistral kanal. Amudaryoning qadimda Suelli deb atalgan yirik irmogʻi oʻrnida qurilgan. Taxiatosh gidrouzelidan 300 m uzunlikdagi suv uzatish kanali orqali suv oladi. Suv uzatish kanalining bosh qismida 110 m uzunlikda (tubining kengligi 51 m) suvdagi oqiziklar choʻkadigan tindirgich qurilgan. Umumiy uz. 128 km. Eng koʻp suv oʻtkazish imkoniyati 133 m3/sek, 42—55 km da 115 m3/sek, kanal tubining kengligi 16—22 m, chuq. 2,5—5 m.

Daryoda suv kamaygan bahor oylarida suv olishni yaxshilash maqsadida kanal boshida 54 m3/sek suv oladigan Fayt (1962), 66 m3/sek suv oladigan Bekyob (1965) nasos st-yalari kurilgan. Kanalda bosh suv olish inshootidan tashqari 4 ta gidrouzel bor. Shuningdek, kanalda 8 ta koʻprik, 3 ta akveduk, 30 ta turli nasos qurilmalari mavjud. Suelli kanali tizimi Shumanay, Xoʻjayli, Qoʻngʻirot tumanlaridagi 102 ming ga dan ortik, yerlarni suv bilan taʼminlaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x