TURMUSHDAGI JAROHATLANISH — xodimning ish faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan tarzdagi jarohatlanishi va mayiblanishi. Turmushdagi jarohatlanish tufayli mehnat qobiliyati butunlay yoʻqolgan yoki jiddiy ravishda pasaygan shaxslarga Tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasining nogiron deb topish haqidagi xulosasi asosida muayyan shartlar mavjud boʻlganida nogironlik pensiyasi tayinlanadi. Turmushdagi jarohatlanish tufayli vaqtincha mehnat qobiliyati yoʻqotilganda «Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlikni davolash profilaktika muassasalarida ekspertiza qilish toʻgʻrisida»gi Nizomga muvofiq tekshirilib, belgilangan tartibda kasallik varaqasi yoki maʼlumotnoma beriladi. Xodim mastlik yoki spirtli ichimliklar (giyohvand moddalar)ni suiisteʼmol qilishi, sud qaroriga koʻra, majburiy davolashga yuborilganligi tufayli olingan jarohatlar oqibatida vaqtincha mehnatga yaroqsiz boʻlib qolsa, bu haqsa unga maʼlumotnoma beriladi. Turmushdagi jarohatlanish tufayli mehnat qobiliyati vaqtincha yoʻqolganida tibbiy davolash profilaktika muassasasi tomonidan berilgan vaqtincha mexnatga yaroqsizlik varaqasi asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartib va mikdorda vaqtincha mehnatga yaroqsizlik nafaqasi beriladi. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik haqida maʼlumotnoma berilgan hollarda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi tayinlanmaydi. Ish joylarida yuz bergan Turmushdagi jarohatlanish belgilangan tartibda tekshirilishi va rasmiylashtirilishi lozim boʻladi.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
Войти через
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии