TURKISTON VILOYATINING GAZETI

«TURKISTON VILOYATINING GAZETI» — Turkistonda 1870-y. da rus istilochilari tomonidan nashr etilgan mahalliy tildagi ilk bosma gazeta. Turkiston generalgubernatorligining nashri. «Turkestanskiye vedomosti» gaz. ning oʻzbekcha varianti. Dastlab shu gaz. ga ilova tariqasida chiqarilgan. 1883-y. dan mustaqil gaz. «Turkiston viloyatining gazeti» birmuncha vaqt (1872-y. iyulidan 1873-y. ning fev. iga qadar) Peterburgda nashr etilgan. 1885-y. dan gaz. ning bir tomoni «Turkestanskaya tuzemnaya gazeta» nomida rus tilida chiqqan. Faoliyati 1917-y. da toʻxtatilgan. «Turkiston viloyatining gazeti»ga 1871—1883-y. larda generalgubernator tarjimoni Shohimardon Ibrohimov, 1883-y. boshlarida Muhammadhasan Chanishev, 1883-y. oʻrtalaridan 1917-y. ga qadar N. P. Ostroumov muharrirlik qilgan. Sahifalarida podsho Rossiyasining Turkistondagi mustamlakachilik siyosati targʻib qilingan, mahalliy aholini «oq podsho» va uning Turkistondagi amaldorlari amrfarmonlarini soʻzsiz bajarishga undalgan. Gaz. da rasmiy materiallardan tashqari, paxtachilik, ipakchilik haqida, fan, texnika, adabiyot va sanʼatga doyr materiallar ham eʼlon qilingan. Gaz. da Sattorxon Abdugʻafforovning siyosiy publitsistik makrlalari, Furqat va Muqimiyngʻlpt maʼrifatga undovchi sheʼrlari va hajviy asarlari chop etilgan. Shuningdek, rus yozuvchilari I. A. Krilov, A. S. Pushkin, N. V. Gogol, I. S. Turgenev, L. N. Tolstoy asarlaridan ilk tarjimalar bosilgan.

«Turkiston viloyatining gazeti» 500—700 nusxada nashr etilgan. «Turkiston viloyatining gazeti» nusxalari Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasida va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanadi. Gaz. dagi materiallar 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida Turkiston xalklari hayoti, madaniyatini oʻrganishda muhim manba sanaladi.

LA. Avsharova M . N ., 18701917-yillarda Turkistonda rus vaqtli matbuoti, Turkiston viloyatining gazeti, 1959; Ernazarov Turkiston Viloyatining Gazeti, Turkistondavaqtli matbuot (1870— 1925),T., 1959; Ernazarov Turkiston Viloyatining Gazeti, Akbarov A. I ., Istoriya pechati Turkestana, Turkiston viloyatining gazeti, 1976; Abduazizova N ., Turkiston matbuoti tarixi (1870—1917), T., 2000.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x