Turkiston general-gubernatorligi


Post Views:
5 079

TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLIGI – ma’muriy-hududiy birlik. Turkiston chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi jarayonida, 1867 yil 11 iyulda tashkil qilingan. General-gubernatorlikni asosan harbiylar boshqargan. Bosib olingan Turkiston o‘lkasining birinchi general-gubernatori lavozimiga general Kaufman tayinlangan. Unga Turkistonni «Rossiya qo‘lida mahkam saqlash, davlat xarajatlarini kamaytirish va daromadlarni ko‘paytirish» vazifasi yuklatilgan. Tukiston general-gubernatorligi Rossiyaning boshqa general-gubernatorliklaridan farqli, harbiy vazirlikka bo‘ysundirildi. General Kaufmanga shu darajada katta huquqlar berilgan ediki, tub aholi uni «yarim podshoh» deb ta’riflardi. Tukiston general-gubernatorligi tarkibida hozirgi Qoraqalpog‘istonni o‘z ichiga olgan Amudaryo bo‘limi bor edi. Shuningdek, Tukiston general-gubernatorligi Buxoro va Xiva xonliklari ustidan nazorat o‘rnatgan. General-gubernatorlik chor hukumatining mustamlakachilik va milliy zulmini izchillik bilan amalga oshirib bordi.

19-asr 90-yillarida Tukiston general-gubernatorligi hududi, 1,66 mln. km2 bo‘lib, 5 oblast (viloyat) (Yettisuv, Sirdaryo, Farg‘ona, Samarqand, Zakaspiy)ga bo‘lingan, 1897 yilgi aholi ro‘yxatiga ko‘ra, 5,3 mln.ga yaqin kishi yashagan. Milliy tarkibi: o‘zbeklar (35,77%), qozoq va qirg‘izlar (44,36%), turkmanlar (4,98%), tojiklar (6,73%), qoraqalpoqlar (2,26%), ruslar (3,75%) va boshqa xalqlar (2,15%). Tukiston general-gubernatorligi ma’muriy jihatdan oblast (viloyat)lardan tashqari uyezdlar, uchastkalar, volostlarga, volostlar esa qishloq jamoasi – oqsoqolliklarga bo‘lingan. Uyezdlardagi ko‘chmanchi aholisi bo‘lgan volostlar ovul jamoasiga bo‘lingan. General-gubernator o‘lkaning bosh idora etuvchisi, Turkiston harbiy okrugi ko‘mondoni hisoblangan.

Tukiston general-gubernatorligi tuzilgan vaqtidan boshlab uning siyosiy-ma’muriy markazi Toshkent bo‘lgan, shaharda Tukiston general-gubernatorligi va Sirdaryo oblast harbiy gubernatorlarining qarorgohlari joylashgan. Shaharni shtab ofitserlaridan bo‘lgan shahar boshlig‘i boshqargan. 1870 yil Rossiya imperiyasida ta’sis qilingan «Shahar nizomi» Toshkent uchun ham 1877 dan joriy qilingan. Unga ko‘ra Toshkentda shahar dumasi va shahar hokimi saylangan. Shahar saylov yig‘inlari duma a’zolarini, ular esa shahar boshqarmasi a’zolarini saylagan. Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng Tukiston general-gubernatorligi tugatilib, uning hududida Turk­ASSR tashkil qilingan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/turkiston-general-gubernatorligi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x