TURKISTON FRONTI (Turkfront) — RSFSR Qurolli kuchlarining Oliy bosh qoʻmondoni S. S. Kamenevning direktivasiga asosan 1919-y. 15 avg. da Samara, Astraxon, Orenburg gubernyalari va Ural viloyati hududida Sharqiy frontning Jan. guruh armiyalari asosida tashkil qilingan front (1919—26). Turkistondagi istiqlolchilik harakatiga qarshi kurash maqsadida tuzilgan. Turkiston frontiga dastlab 1, 4, 11armiyalar kiritilgan. 1919-y. 25 avg. da Turkiston Respublikasidagi barcha qizil askar qismlari ham unga boʻysundirildi. Turkiston frontini harbiy va partiyaviy jihatdan Inqilobiy harbiy kengash (Revvoyensovet) va Siyosiy boshqarma boshqargan. M. V. Frunze T. f. niing 1qoʻmondoni boʻlgan (1919-y. 15 avg. — 1920-y. 10 sent.).
1919-y. 20-noyabrda Turkiston fronti harbiy shtabi Samaradan Toshkentga kelib oʻrnashgan. M. Frunze Toshkentga kelgach (1920-y. fev.), harbiy harakatlarda bevosita qatnashgan. Rossiya markazidan doimiy ravishda katta miqsordagi qizil askarlar Turkistonga yuborilgan. Mac, 1919-y. yozida Turkiston Respublikasidagi qizil armiya qismlarida 35.378 jangchi boʻlgan boʻlsa, Turkiston fronti tashkil qilingandan keyin 71.751 jangchi va 185 ta pulemyot Rossiyadan Turkistonga tashlangan. 1920-y. 1 sent. da qizil askarlarning soni 182.800 kishiga yetgan. Turkiston fronti jangchilari istiqlolchilarga qarshi kurash bilan cheklanmasdan, 1920-y. 2 fev. Xivada xonlik va 2 sent. da Buxoroda amirlik tuzumini agʻdarib tashlab, bu davlatlar hududini ham bosib olgan (q. Buxoro bosqini).
Turkiston frontiga M. Frunzedan tashqari G. Sokolnikov (1920—21), V. Lazarevich (192122), V. Shorin (1922), A. Kork (1922 — 23), S. Pugachyov (1923 — 24), M. Levandovskiy (1924—25), Avksentyevskiy (1925 — 26) qoʻmondonlik qilgan.
1920-y. 4-iyunda Turkiston fronti asosida Oʻrta Osiyo harbiy okrugi tuzilgan.
Ad.: Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti Turkiston fronti, 2000; Rajabov K,., Buxoroga kizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, Turkiston fronti, 2002.
Qahramon Rajabov.