TURKISTON ALBOMI

«TURKISTON ALBOMI» — fotosuratlar va rangli rasmlardan tuzilgan albom. Turkiston generalgubernatori K. P. Kaufman topshirigʻiga binoan, etnograf, sharqshunos olim A. L. Kun (1840— 88) tomonidan 1871—72 y. larda tayyorlangan. «Turkiston albomi» 447 kartoshsh varaq boʻlib, 1262 fotosuratlar va boʻyalgan rasmlardan tuzilgan. Etn., hunarmandchilik, arxeologiya va tarix boʻlimlaridan iborat. «Turkiston albomi»da 19-a. ning 2yarmidagi hunarmandchilik; xoʻjalik turlari, urfodat va turli marosimlarni oʻtkazish, oʻzbeklarning antropologik tiplari, shahar va qishloq hayoti, shaharlar, vodiylarning manzaralari aks ettirilgan. Aksariyat tasvirlarda mahalliy xalqni vahshiy va oʻta qoloq qilib koʻrsatish maqsadi yaqqol seziladi. «Turkiston albomi» 7 nusxada tayyorlangan. Bir nusxasi Oʻzbekiston milliy kutubxonasining noyob kitoblar boʻlimida sautanadi.

4 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x