TURK SOʻZI

«TURK SOʻZI» — ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy va adabiy turk gazetasi. 1918-y. mayda Toshkent sh. ning Shayxontohur dahasida Saidalixuja Eshonxoʻja oʻgʻli boloxonasida chop qilingan. Haftada 2-marta chiqqan. Gaz. «Birlashgan turk oʻrtoqligi» jamiyati nashri hisoblangan. Bosh muharriri — Temurbek Xudoyorxonov. «Turk soʻzi» «Soʻz va hayotdan oʻz nasibangizni olingiz» shiori ostida faoliyat koʻrsatgan. Gaz. ning asosiy maqsadi millatni siyosiy, iqtisodiy asoratdan qutqarish boʻlgan. Ammo bolsheviklarning Turkiston oʻlkasida milliy matbuotga boʻlgan salbiy munosabati oqibatida ushbu gaz. ham oʻz faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻlgan. «Turk soʻzi»da koʻproq Muhammad Said (Axroriy), Tuygʻun va b. ziyolilarning maqolalari berib borilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x