TURK

TURK, turkiylar — jahondagi eng qad. va yirik etnoslardan birining nomi. Soʻnggi davrda jahon olimlari, jumladan, oʻzbek olimlari tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida va qad. xitoy manbalaridagi maʼlumotlarga koʻra, ushbu atama bundan 3,5—4 ming yil muqaddam rayemsimon iyerogliflar bilan yozilgan bitiklarda «tiyek» va «tiauk» shaklida uchraydi. Turk soʻzi baquvvat, barkamol, odillik kabi maʼnolarni anglatadi, degan fikrlar mavjud. Qad. Xitoy manbalarida turklar qiyofasi chuqur koʻzli, qirra burunli, basavlat va sersoch deb koʻrsatiladi.

Bir necha ming yilliklar davomida turkiy qabilalar koʻp marta birlashgan va parchalanganligi tufayli ularning qabilaviy tarkibi oʻzgarib turgan.

Mil. av 2-a. dan — mil. 3-a. gacha boʻlgan davrda Turklar Hun xoqonligi tarkibida boʻlganligi sababli Xitoy manbalarida shyunnu, hunnu deb ham atalgan. Mazkur xoqonlik yemirilgandan keyingi 300-y. ga yaqin davr davomida xitoylar T. larni tiyekle (zamonaviy tilda tele) deb atashgan.

6-a. da Turk larda boʻlgan Ashina avlodi kuchayib Turk xoqonliginch barpo etgan. Xitoy manbalariga kura, 9-a. da tilga olinadigan Turk qabilalari 58 ta nom bilan ajratilgan. Shulardan 22 tasi uygʻur (ittifoqchilar) deb nomlangan. Uygʻur xoqonligi tugatilganidan sung bularning katta bir qismi Turkiston hududida joylashgan (q. Turk). Turkiya olimlari asarlarida Turk qabilasi koʻkturk deb xam ataladi. Tadqiqotlarga koʻra, koʻkturk soʻzi tangriga, yaʼni osmonga ishongan Turklar, balandlik T. lari, koʻk boʻri totemi boʻlgan Turklar kabi maʼnolarni anglatgan. Markaziy Osiyoda Turk toponim, etnonim, gidronim sifatida koʻplab uchraydi.

Abdulahat Xoʻjayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x