TURBULENTLIK — suyuklik va gazlar oqimlarida kuzatiladigan hamda bu oqimlarda turli oʻlchamli koʻplab uyurmalar hosil boʻladigan hodisa. T. tufayli bu omillarning tezlik, bosim, tra, zichlik va b. xarakteristikalari fazoda va vaqt davomida tartibsiz oʻzgarib turadi, yaʼni xaotik fluktuatsiyalar taʼsirida boʻladi. Shunisi bilan turbulent oqim laminar oqimsan farq qiladi. Laminar oqim oʻzining barqarorligini yoʻqotganda Turbulentlik vujudga keladi. Suyuqlik yoki gazda gʻarakatlanayotgan qattiq jismlarga ular (suyuqdik yoki gaz) ning qarshiligini aniqlashda, shuningdek, suyuklik yoki gaz oʻrab turgan jismlar orasidagi issiqlik almashishni hisoblashda Turbulentlik eʼtiborga olinadi. Turbulentlik statistik usullar yordamida izoxlanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые