SHIRACH

SHIRACH — piyozguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Markaziy va Old Osiyoda, Janubiy Sharqiy Yevropada Shirachning 30 ga yaqin turi maʼlum. Ulardan 23 tasi Oʻrta Osiyo, Kavkaz va Qrimda uchraydi. Oʻrta Osiyo togʻlarining pastki qismida Shirachning sugʻd Sh. i, regel Shirachi, oq Shirach, illariya Shirachi, olga Shirachi va pushti Sh. turlari oʻsadi. Boʻyi 100-200 sm, barglari qalami, gullari koʻp, rangi sargʻish, may iyul oylari l,1 gullab urugʻlaydi. Urugʻi sharsimon koʻsakcha. Koʻpgina turlarining ildizlarida yopishqoq modda (shirach) borligi tufayli, yelim olish uchun ishlatiladi. Shirach barglari tarkibida koʻp miqdorda S vitamini bor, yaxshi asal beruvchi oʻsimlik.

1 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x