TUPROQSHUNOSLIK

TUPROQSHUNOSLIKtuproq haqidagi fan; uning tarkibi, xossalari, kelib chiqishi, taraqqiyoti, geografik tarqalishi, unumli foydalanish usullari va unumdorligini oshirish yoʻllarini oʻrganadi. Tuproqshunoslik tabiiytarixiy fanlarga mansub boʻlib, tuproqni tabiat mahsuli, mehnat predmete, ishlab chiqarish. vositasi sifatida tadqiq etadi. Tuproqshunoslik iklimshunoslik, geomorfologiya, petrografiya, oʻsimliklar fiziologiyasi kabi boshqa tabiiy fanlar bilan uzviy bogʻliq. Q. x. da tuproq unumdorligini oshirish, sanoat oʻgʻitlarini qoʻllash, yerning meliorativ holatini yaxshilash, tuprok, eroziyasiga qarshi kurash va b. masalalarni hal qilishda, ayniqsa, katta ahamiyatga ega. Tuproq 18-a. oxirlaridan oʻrganila boshlandi. 19-a. oʻrtalarida tuproqni geologik hosila deb qarovchi agrogeologik yoʻnalish vujudga keldi. 19-a. oxirlarida V. V. Dokuchayev Rossiyada tirik va ulik tabiat xususiyatlariga ega tabiiytarixiy jins — tuproq toʻgʻrisidagi tushunchani asoslagan genetik Tuproqshunoslikni yaratdi. Tuproqshunoslikning agronomik yoʻnalishi (tuproq bilan oʻsimlik oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik, tuproq unumdorligi)ni P. A. Kostichev, geografik yoʻnalishi (tuproq kesmasining tuproq hosil boʻlish jarayoni bilan bogʻliq holda solishtirma tahlili)ni esa K. D. Glinka, N. M. Sibirsev va b. rivojlantirdi. Agronomik, oʻrmon va meliorativ Tuproqshunoslik — T. ningamaliy sohalaridir. 20-a. boshlarida Tuproqshunoslikning yangi — kimyoviy yoʻnalishi vujudga keldi. Bu yoʻnalishni tuproq kolloid kimyosi asoschisi K. K. Gedroys yaratdi.

20-y. larda V. I. Vernadskiy tuproq hosil boʻlishida tirik organizmlar ahamiyatini oʻrganib, Tuproqshunoslikda biogeok i m yo yoʻnalishga asos soldi. 30-y. larga kelib, tuproq fizik kimyosi, fizikasi, mineralogiyasi, mikrobiologiyasi kabi boshqa boʻlimlar ham shakllandi. Tuproqshunoslikning shu davrdagi hamda keyinchalik rivojlanishida N. A. Dimo, N. A. Gerasimov, Ye. N. Ivanova, V. A. Kovda, B. B. Polinov, L. I. Prasolov, N. N. Rozov, I. V. Tyurin va b. ning ishlari yetakchi axamiyatga ega boʻddi.

Tuproqshunoslikning Oʻzbekistonda rivojlanishi Turkiston unti qoshida Tuproqshunoslik va geobotanika intining tashkil etilishi bilan uzviy bogʻliq (q. Tuproqshunosyaik va agrokimyo institutoʻ). Bungacha Oʻrta Osiyo hududi tuproqlarini A. Middendorf, A. N. Krasnov, N. Teyx tadqiq etgan. P. S. Kossovich ragʻbarligida Yer tuzish va dehqonchilik bosh boshqarmasining qishloq xoʻjaligi. kimyosi lab. (Rossiya; 1897-y. da tashkil kilingan) tomonidan Mirzachoʻl va Andijon tajriba dalalari tuprogining kimyoviy va granulometrik tarkiblari tadqiq qilindi. Bu tadqiqotlar natijasida sur tuproklarda fosfor, kaliyning koʻpligi, gumus (chirindi)ning esa kam ekanligi va karbonatlarga toʻyinganligi aniqlandi. S. S. Neustruyev ishlarida tipik sur tuproklar tavsiflangan va shu tipdagi tuproklar terminologiyasiga asos solingan.

Tuproqshunoslikning geografik, kimyoviy va biogeokimyo yoʻnalishlari sintezi tuproqning 4 asosiy: qattiq, suyuq, gazsimon va tirik qismlardan iborat ekanligini koʻrsatdi. Tuproqning bu tarkibiy qismlarida modda va energiya almashinuvi doimo oʻzaro taʼsir etib, uzluksiz kechadi. Tuproqda tirik organizmlarning boʻlishi uni biosferaning tirik mavjudotlari katoriga kiritish imkonini berdi. Shu asosda tuggroq unumdorligi, tasnifi va diagnostikasi haqidagi taʼlimot takomillashtirildi.

Oʻzbekistonda Tuproqshunoslik rivojida M. B. Bahodirov, B. V. Gorbunov, V. B. Gussak, N. V. Kimberg, M. A. Orlov, M. A. Pankov, A. M. Rasulov, S. N. Rijov. X. Maxsudov, M. U. Umarov, O. Komilov va b. ning hissasi katta. Oʻzbekiston tuttroqshunoslari sugʻorma dehqonchilik mintaqalari uchun afokompleks tadbirlar sistemasi, yaʼni yerni chukur haydash, sugʻorish, mineral va mahalliy oʻgʻitlardan unumli foydalanish; shoʻrlangan va botqoqlangan yerlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilash choralari va b. ni ishlab chiqdilar. Tuproqshunoslik va afokimyo intida tadqiqot natijalari umumlashtirildi, kam oʻrganilgan va hali oʻrganilmagan joylar tuproqlari eroziongeografik jihatdan tadqiq etiddi. Yangi maʼlumotlar tuproq tasnifini nazariy tomondan qayta koʻrib chiqishni va uning yangi variantini yaratish imkonini berdi.

Tuproqshunoslikning ilmiy, nazariy va amaliy masalalari Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasining Tuproqshunoslik va agrokimyo inti, qishloq xoʻjaligi. oliy oʻquv yurtlari va OʻzMU ning tuproqshunoslik kafedralari va b. ilmiy muassasalarida oʻrganiladi. Ilmiy ishlar natijalari davriy ilmiy jurnali lar, shuningdek, ilmiy toʻplamlarda nashr qilinadi.

Ad.: Pankov M. A., Tuproqshunoslik, Tuproqshunoslik, 1970; Bahodirov M ., Rasulov A., Tuproqshunoslik, Tuproqshunoslik, 1975; Rasulov A., Ermatov A. K,., Tuprokshunoslikasoslari va dehqonchilik, Tuproqshunoslik, 1980.

Hodimat Maxsudov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x