TUNUKA

TUNUKA — metall ni prokatlab tayyorlanadigan yupqa yumshoq poʻlat list. Listning qalinligi, eni va uzunligi boʻyicha standartlab qoʻyiladi (q. Standartlash). Qalinligi odatda 0,21—0,30 mm va 0,30—0,48 mm, 0,45—1,0 mm boʻladi. Tashqi koʻrinishiga koʻra, ruxlangan oq va ruxlanmagan qora Tunukalar farklanadi. Tunuka listlari issiq holatda 8 tadan, sovuq holatda 4 tadan qoʻyib prokatlanadi. Listlarni sovuqlayin prokatlash usuli keng tarqalgan. Tunukani zanglash (korroziya) dan asrash uchun sirtiga himoya qatlami (rux, xrom, maxsus lok va b.) qoplanadi. Tunukalar imorat tomlarini yopishda, turli roʻzgʻor buyumlari (manti qasqon, samovar karnay va b.) tayyorlashda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x