TUNSHAPALAKLAR

TUNSHAPALAKLAR (Myotis) — koʻrshapalaklar kenja turkumining bir urugʻi. 60 dan ortiq turi bor. Arktika, Antarktika va baʼzi orollardan tashqari hamma joylarda tarqalgan. Tanasining uz. 3,5 — 8 sm, yungi qoʻngʻirjigarrangda. Qulogʻi uzun va uchli. Tunda faol. Hasharotlar bilan oziqlanadi. Koʻpchiligi gʻorlarda, baʼzilari kovaklar va koya yorikdarida yashaydi. Oʻzbekistonda 5 turi, jumladan, oʻtkir quloqli Tunshapalaklar Toshkent atrofida, Nurota togʻ oldi hududlari, Qashqadaryo va Surxondaryo vodiysida; uzun barmoqli T. Amudaryoning quyi oqimi va Nukus sh. atrofida; moʻylovli T. Fargona vodiysi, Toshkent va Samarkand viloyatlarida; uzun dumli T. Samarkand sh. atrofida; 3 xil rangli Tunshapalaklar Chirchiq va Surxondaryo vodiysidagi gʻorlarda koloniya boʻlib yashaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x