TUMANBOSHI

TUMANBOSHI — 10 ming jangchidan iborat harbiy qism, diviziya qoʻmondoni. Turkiy manbalarda noʻyon, tuman oqosi, tumanbegi kabi maʼnodoshlari ham qayd etiladi. Chingizxon armiyasida moʻgʻul aristokratiyasining koʻzga koʻringan vakillari — noʻyonlar Tumanboshi vazifasini oʻtagan. Ular ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy va h. k. hayotning muhim masalalari hal qilinadigan qurultoylarda qatnashish va oʻz fikrini ochiqoydin ifoda etish xuquqiga ega boʻlgan. Tumanboshi, odatga koʻra, yoʻlbars tasviri tushirilgan oltin payza bogʻlab yurgan va bu lavozim nasldan naslga meros sifatida oʻtgan. Amir Temur qoʻshinida tumanlarga boshchilik qilgan shaxslarga alohida talablar qoʻyilgan. Gʻanim kuchlarini tormor qilgan yoki uning hududlarini zabt etgan Tumanboshi tugʻ va dovul bilan taqdirlangan hamda «bahodir» faxriy unvoni bilan sarafroz etilgan. Sohibqirondan biror chegara viloyatni boshqarish uchun suyurgʻol tarzida qabul qilgan. Tumanboshi mashvaratu kengashlarda qatnashish huquqiga ham ega bulgan. Tumanboshiga mingbegi, yuzbegi va oʻnbegilar bevosita boʻysungan. Tumanboshi lavozimi, asosan, adadi bir necha 10 yoki 100 mingdan iborat qoʻshinlar tarkibida koʻproq kuzga tashlanadi. Bobur qoʻshinida Tumanboshi lavozimi mavjud boʻlmagan, chunki qoʻshinning soni 12 mingdan ortiq emas edi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x