TUMAN XOQON

TUMAN XOQON, Tuman tangriqut — 1) hunlar davlati hukmdori (mil. av. 240—210-y. lar). Xitoy manbalarida Tuman (Touman) shanyuy deb ataladi. Qadim zamonda «shanyuy» deb oʻqilgan 2 iyeroglif tanyi, tanjiu deb talaffuz etilgan boʻlib, ular tangri soʻzining xitoycha transkripsiyasi edi. Tuman xoqon hunlar davlatini imperiyaga aylantirgan, Tuman xoqon xalqini ilk birlikka keltirgan va mil. av. 210—174-y. larda taxtga oʻtirgan Botirtangriqutning (Maodun, Mode), yaʼni Oʻgʻuzxonning otasidir. Tuman xoqon oʻgʻli tomonidan oʻldirilgan. Bunga asosiy sabab Tuman xoqon davrida Ruziye (Yueji, Yueszi) davlati katta qudratga ega boʻlgan va ushbu davlat bilan tinchlik munosabatini saqlash maqsadida u taxt vorisi boʻlgan katta oʻgʻli Botirtangriqutni garov sifatida Ruziye xonning huzuriga yuborgan va taxtga kichik xotinidan boʻlgan oʻgʻlini oʻtqazmoqchi bulgan. Bundan norozi boʻlgan Botirtangriqut garovlikdan qochib, vataniga qaytib borgach, qoʻshin qoʻmondoni etib tayinlangan. Ushbu imkoniyatdan foydalanib otasi va oʻgay onasi, undan bulgan bolalarni yoʻq qilib taxtni koʻlga olgan (Yana q. Mode xokon); 2) Turk xoqonliginksh asoschisi Bumin xoqonning Xitoy manbalaridagi nomi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x