TULUZLOTREK

TULUZLOTREK (Toulouse Lautrec) (asli TuluzLotrekMonfa, ToulouseLautrec Monfa) Anri Mari Raymon de (1864.24.11, Albi 1901.9.9, Malrome, Bordo yaqinida) — fransuz rassomi, postimpressionizmning yirik namoyandasi. 1881-y. dan asosan Parijda yashagan, L. Bonn va 1884-y. dan F. Kormondan taʼlim olgan. E. Dega, yapon gravyurasidan taʼsirlangan. Ilk asarlaridayoq oʻta individual obrazlar yaratdi (E. Bernar portreta, 1885, Teyt galereyasi, London). 1880-y. larning 2yarmidan ziyolilar, oddiy kishilarning hayoti va ermaklarini, Parij teatrlari, raqs zallari, kabare, sirk lavhalarini yaratdi, portret va kompozitsiyalarida kinoyali, oʻta fosh etuvchanlik ruhi namoyon boʻldi: «MulendelaGalettdagi bal», 1889; «MulenRujdagi raqs», 1890; «MulenRujda», 1892; «Xonanda Ivett Gilber», 1894; «DeMulen koʻchasidagi salonda», 1894—95 va b. Uning kalamtasvirining oʻtkirligi teatr afishalarida oʻz ifodasini topgan. Shuningdek, qalamtasvirining yengil va oʻynoqiligi, tanlangan ranglar yorqinligi bilan eʼtiborni tortadi («Aristad Bryuan oʻz kabaresida», 1892; «Janna Avril», 1893 va b.). Uslubiy izlanishlar Tuluzlotrekni modernizmga yaqinlashtirdi, bu grafika asarlari (ayniqsa, rangli litografiyalar)da koʻzga tashlanadi. Koʻplab rasmlari va litografiya turkumlari jonli, taʼsirchanligi, mubolagʻali sharjlari bilan diqqatga sazovor. Albi sh. da Tuluzlotrek muzeyi tashkil qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x