TULUZA

TULUZA — Fransiyaning jan. qismidagi shahar. Yuqori Garonna departamentining maʼmuriy markazi. Aholisi 398,4 ming kishi (1999). Transport yoʻllari tuguni. Garonna daryosi boʻyidagi port. Aviatsiya, raketasozlik, radioelektronika, kimyo, yengil, oziqovqat sanoati korxonalari mavjud. Unt, rassomlik va haykaltaroshlik muzeylari bor. Kosmik tadqiqotlar markazi. Meʼmoriy yodgorliklardan 11 —18-a. larga oid binolar, xususan, roman cherkovi (11 —13-a. lar), romangotika sobori (12—16-a. lar) va b. saqlangan. Tuluza oʻrnida mil. av. gallar qabilasining manzilgohi boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x