TULIXON

TULIXON, Tuli, Tuluy (taxm. 1192—1230) — Chingizxonnchng kenja oʻgʻli, otasining harbiy ishlar boʻyicha bosh maslahatchisi, sarkarda. Moʻgʻullar davlatinint 4 udusidan birining egasi. Tulixon ulusi 50 ming xonadondan iborat boʻlgan. Tulixon «yeke(baligʻ)noʻyon» (ulugʻ janob, xoja) va «yezden» (hukmdor) kabi unvonlar bilan atalgan, u otasi (mulkiyurt)ga merosxoʻr boʻlgan. 1211 — 15 y. larda Chingizxonning Shim. Xitoyga qilgan yurishlarida akalari (Joʻji, Chigʻatoy, Oʻqtoy) bilan birga qatnashgan. Moʻgʻullar istilosi davrida otasi bilan Buxoroni egallagan (1220). 1220-y. Tagʻochor noʻyon bilan 80 ming kishilik qoʻshinga bosh boʻlib Xurosonning Marv, Nishopur, Hirot kabi shaharlari, Tuye, Sabzavor, Jojarm, Niso, Obivard, Saraxs, Qof viloyatlarini 3 oy davomida bosib olib vayron kilgan. Soʻnfa otasi farmoniga koʻra, Toliqon, soʻng Badaxshon viloyatlari sari yoʻnalib otasi oʻrdusiga kelib qoʻshilgan. Chingizxon vafotidan soʻng (1227) 129 minglik moʻgʻul qoʻshinidan 104 ming nafari hamda Moʻgʻuliston, Xitoy, Qirgʻizlar yeri Tulixon ixtiyoriga berilgan. 1229-y. dagi moʻgʻul shahzodalari, noʻyonlari qurultoyi Chingizxonning 3oʻgʻli Oʻqtoyni buyuk qoon (xon) etib taxtga oʻtirganligini qonuniylashtirmaguncha Tulixon otasining udeli — XalxaMongoliyani boshqargan. 1229—30 y. lar Xitoy yurishidan qaytishda yoʻlda kasal boʻlib vafot etgan. Moʻgʻul tilida «tuli» — koʻzgu maʼnosini bildiradi. Tulixon vafotidan soʻng «koʻzgu» atamasini qoʻllash taqiklangan, uning mulkiga xotini Surxuktani (kerayit malikasi, xristian dinida boʻlgan) egalik qilgan. Tulixon moʻgʻullar orasida katta obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan. Bu avlod vakillaridan ulugʻ qoonlar chiqqan (1248—1634). Tulixonning oʻgʻli Huloku Erondagi elxoniylar sulolasiga asos solgan. Ichki Moʻgʻulistonda hanuzgacha Tulixonning maqbarasi deb hisoblanadigan koʻhna ibodatxona mavjud.

Manba. Rashia addin, Sbornikletopisey, t. 1—3, M., 1952—1960; Karpini P, Istoriya mongolov, M., 1957.

Ad.: Bartold V. V., Sochineniya, t.2(1), M., 1963; Mirzo Ulugʻbek, Toʻrt ulus tarixi, Tulixon, 1994.

Faxriddin Hasanov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x