ShEROZ

ShEROZ — Eronning jan. qismidagi shahar. Fors ostonining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,1 mln. kishi (1997). Avtomobil yoʻllari chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Q. x. (atirgul, uzum, sitrus mevalar, tamaki, qand lavlagi yetishtirish) rayonining savdo markazi. Kimyo, elektrotexnika, neftni qayta ishlash, yogʻochsozlik, neft kimyosi, toʻqimachilik, oziqovqat (shu jumladan, atirgul moyi ishlab chiqarish) sanoati korxonalari mavjud. Sheroz oʻzining gilamlari, zargarlik, mozaika (koshinkorlik) va kumush buyumlari, miniatyuralari bilan dunyoga mashhur. Unt, Fors muzeyi (Eron amaliy sanʼati), shahar yaqinida Saʼdiy maqbarasi bor.

Sosoniylar davrida Sheroz oʻrnida qishloq boʻlgan. 7-asrda arablar tasarrufiga oʻtgach, shahar kengaygan. 14 — 15-asrlarda Sheroz oʻzining miniatyuralar maktabi bilan mashhur boʻlgan. 18-asrning 2-yarmida Eron poytaxti. Sheroz fors shoirlari Saʼdiy va Hofiz vatani. Sherozdan 50 km shim. sharqsa Persepol xarobalari bor. Meʼmoriy yodgorliklardan qalʼa devorlari va boshqalar saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x