TUGMACHAGUL

TUGMACHAGUL (Malva L.) gulxayridoshlar oilasiga mansub bir yillik yoki koʻp yillik oʻtlar turkumi; begona oʻt; Gʻarbiy Yevropa, Kichik Osiyo, Eron, Afgʻoniston, Hindiston, Xitoy va Shim. Afrikada oʻsadi. Oʻzbekistonda Tugmachagulning bir necha turi: befarq Tugmachagul (M. neglecta Wall.), Mavritaniya T. i (M.mauritana L.), oʻrmon T. i (M. silvestris L), buxoro T. i (M. bucharica Iljin.) uchraydi. Poyasi yer bagʻirlab, baʼzan yerdan bir oz koʻtarilib oʻsadi. Shoxlangan, boʻyi 10—40 sm. Ildizi oʻq ildiz. Barglari uzun bandli, 5—7 boʻlakli. Gullari 3—4 tadan barg qoʻltigʻida joylashgan. Mevasi tugmachasimon, dumaloq, mayin tuklar bilan krplangan, 14 (12—16) ta danakchali toʻpmeva. Apr. dan okt. gacha gullab mevalaydi. Bir tup Tugmachagul yiliga 300—500 dona urugʻ beradi. Tabobatda qoʻllaniladi. Bargi Kavkazda ovqatga ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x