TUGANAK BAKTERIYALAR

TUGANAK BAKTERIYALAR (Rhizobium) — dukkakli oʻsimliklar (beda, bersim, noʻxat va b.) nish ildizlarda toʻplanadigan va havodagi azotni oʻzlashtirish xususiyatiga ega boʻlgan aerob bakteriyalar turkumi. Tuproqni azot bilan boyitadi. Yosh T. b. iddiz tukchalariga kirib, ularni azot bilan taʼminlaydi, ildiz hujayralarining jadal boʻlinishiga taʼsir koʻrsatadi, oʻsimliklardan uglerod va mineral moddalar almashinuvi mahsulotlarini oladi. Tuganak bakteriyalar molekulyar azotni tez biriktiradigan bakteriodlar hosil qiladi, yoʻgʻonlashadi, tarmoqlashadi. Ildizida tuganaklari boʻlgan dukkakli oʻsimliklar havodan bir ga maydonda yiliga 10 kg dan ortiq azot toʻplaydi. Tuproqni Tuganak bakteriyalar bilan boyitishda qoʻllaniladigan maxsus bakterial oʻgʻitnitragin shu bakteriyalar negizida ishlab chiqariladi. Tuganaklar yaxshi hosil boʻlishi uchun madaniy oʻsimliklar urugʻligiga Tuganak bakteriyalar yuqtiriladi (yana q. Azot toʻplovchi mikroorganizmlar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x