TUGʻMA TABIIY ELEMENTLAR

TUGʻMA TABIIY ELEMENTLAR — tabiatda barqaror minerallar shaklida uchraydigan kimyoviy elementlar. T. t. e. nometallar (uglerodning polimorf modifikatsiyalari — olmos va grafit, tugʻma S, Se, Te), yarim metallar (tugʻma As, Sb) va metallar (tugʻma Ai, Ag, Si, Pt, Pd, Ir, Fe, Ta, Pb, Zn, Hg, Bi)ra boʻlinadi. Odatda, mineralogik va genetik jihatdan Tugʻma tabiiy elementlar bilan uzviy bogʻliq boʻlgan qattiq eritmalar, baʼzan intermetall birikmalar ham Tugʻma tabiiy elementlar hisoblanadi. Mas., platina guruhidagi minerallar tarkibida sof platina bilan birga ferroplatina, poliksen va b. boʻladi. Tabiiy sharoitda bir qancha gazlar: azot, kislorod, vodorod, argon, geliy, kripton, ksenon, radon ham tabiiy holda uchraydi. Koʻpchilik Tugʻma tabiiy elementlar kam uchraydi va baʼzi bir holatlardagina yirik toʻplamlar (konlar) hosil qiladi. Metallardan tugʻma oltin va platina guruhidagi elementlar, ayrim turdagi konlar rudasi tarkibidagi tugʻma mis, shuningdek kumush sanoatda mugʻim ahamiyatga ega. Nometallardan olmos, grafit, oltingugurtning ahamiyati katta. Oy jinslari va meteoritlarda Yer poʻstida kam uchraydigan tugma temir va temirnikel mavjud. Tugʻma tabiiy elementlar sinfiga mansub ayrim minerallar polimorf modifikatsiyali boʻladi. Tugʻma tabiiy elementlarning kelib chiqishi magmatik, gidrotermal, metamorfik va gipergen jarayonlar bilan aniqlanadi va ular, asosan, sochma konlaraa uchraydi. Ayrim Tugʻma tabiiy elementlar yirik toʻplamlar va konlar gʻosil qiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x