TUGʻMA MINERALLAR

TUGʻMA MINERALLAR — tabiatda sof holda uchraydigan kimyoviy elementlar. 30 dan ortiq kimyoviy element (xususan, metallar) Yer pustila Tugʻma minerallar holida uchraydi. Baʼzi gazlar va suyuq holatdagi elementlar (mas., simob) ham shu minerallar katoriga kiradi. Ular Yer pusti umumiy massasining taxm. 0,1%ini tashkil qiladi, shundan 0,04% azot va 0,01— 0,02% kislorod; qolgan qismi 0,05%. Baʼzi elementlar tabiatda koʻpincha tugʻma holda uchraydi. Bunday elementlardan geliy, neon, ksenon, radon, uglerod, azot, kislorod, oltingugurt, xlor, qalay, temir, kobalt, margimush, selen, radiy, palladiy, osmiy, iridiy, platina, oltin, simob, kumush, vismut asl elementlar deyiladi. Tugʻma minerallar kimyoviy xossalariga qarab 3 guruhga ajratiladi: metallar — oltin, kumush, mis, platina, temir, nikel va b. ; yarim metallar — margimush, surma, vismut; metalloidlar — uglerod, oltingugurt. T. m. ning hosil boʻlishi Yer poʻstidagi endogen va ekzogen jarayonlarda sodir boʻladigan turli fizik va kimyoviy sharoitlarga bogʻliq. Oʻzbekistonda oltin, kumush, uglerod (grafit), simob, qalay, qoʻrgʻoshin, temir, vismut kabi Tugʻma minerallar mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x