Tudun


Post Views:
40

TUDUN (xitoy manbalarida – Tutun) – Chochni idora etgan turkiy hokimlar unvoni (7–8-asrlar). 7-asr boshida Turk xoqonligi o‘z tasarrufidagi shaharlarga xoqon nomidan noiblar tayinlashga kirishgan. Chunonchi, xitoy manbalariga ko‘ra, 605 yil turk xoqoni Sheguyxon Choch taxtiga Tyan-chji (Fu-chji)ni te-le (Tegin) unvoni bilan o‘tqazgan, u Chochni 620 yilgacha idora etgan. Manbalarda 641 yil turk xoqoni Choch tudunini qo‘shin bilan o‘z dushmanlariga qarshi jo‘natganligi qayd etilgan. 658 yil Chochda Kan-tutun (Ton-tudun), 713–741 yillarda – Bahodur tudun [Moxedu-tutun, Badur (Bahodur) Tarxon], 746 yil – Inay-tutun Syuyle, ya’ni Inay-tudun Kyol (vitse qirol), 742–750 yillarda – Te-le (-tegin) idora etganligi ma’lum. Choch Tudunlari, shuningdek, sug‘d hujjatlari va arab manbalarida hamda islomiyatdan avvalgi Choch tangalarida s’synk tdwn shaklida uchraydi. Tudun Satachar (Stcr tdwn) yoki janob Satachar (Stcr ywbw) ismli Choch hokimi zarb etgan tangalar mashhur. Choch tangalarida, shuningdek, Tarnavch va Sochak ismlari ham uchraydi.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/tudun-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x