TUAMOTU

TUAMOTU, Paumotu — Tinch okeandagi arxipelag, 78 marjon oroli va riflardan iborat. Fransiya Polineziyasi tarkibida. Mayd. 810 km2. Eng yirik orollari: Rangiroa va Fakarava. Iqlimi tropik, passatli iklim. Yiliga 1500— 2000 mm yogʻin yogʻadi. Yirik orollarda pandanus, banʼyan daraxtlari, maydaroq orollarda butalar usadi. Kokos palmasi, non daraxti, banan plantatsiyalari bor. Chorvachilik rivojlangan. Baliq ovlanadi, marvarid yigʻiladi. Bosh shahri — Rotoava. Biosfera qoʻriqxonasi tashkil etilgan. Arxipelagga yevropaliklardan dastlab 1606-y. da portugaliyalik dengizchi sayyoh P. Kiros borgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x