TROYA

TROYA (Ilion) — Kichik Osiyoning shim. gʻarbidagi qad. shahar. Yunon eposi orqali maʼlum. Nemis arxeologi G. Shliman tomonidan 1870-y. larda Gissarlik tepaligidagi qazishmalar natijasida topilgan. 19-a. ning oxiri. dan muntazam qazish ishlari olib borilgan, natijada Troyaning ilk jez davri (mil. av. taxm. 3000-y.) dan boshlangan turli qatlamlari ochilgan. Jez davrida Troya yirik markaz va kichik podsholik poytaxti boʻlgan. Troya tepalik yon bagʻriga joylashgan, atrofi burjli mudofaa devori bilan oʻralgan. Tepalikda ark, uning atrofida zodagonlarning uylari boʻlgan. Mil. av. taxminan 1260-y. da Troya urushi natijasida axeylar tomonidan bosib olinib, vayron qilingan. Axeylar ketgach, shahar qad. madaniy anʼanasini sakdab qolgan, lekin ilgarigi mavkeini tiklay olmagan. Mil. av. 1190-y. Bolqon ya. o. ning shim. viloyatlaridan koʻchib kelganlarning yangi guruhi oʻzlari bilan jez qurolaslahalari va sopol buyumlarining yangi shakllarini olib kelishgan. Mil. av. 1100-y. T. bosqinchilik qurboni boʻlib, vayron qilingan, faqat 400-y. oʻtgach, mil. av. 700-y. yunonlar T. oʻrnida Yangi Ilion nomli yangi shahar barpo etishgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x